Yosh huquqshunoslar tanlovi

15.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2024-yil 11-14-noyabr kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oliy sud, Adliya, Ichki ishlar, Maktabgacha va maktab ta’lim, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari bilan hamkorlikda “YOSHLAR VA QONUN” huquqiy tanlovi tashkil etilib, unda respublikaning 14 ta hududidan eng iqtidorli, bo‘lajak yurist va tashabbuskor yoshlar tashrif buyurishdi. 

  Mazkur huquqiy tanlovda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakulteti "Yurisprudensiya" yo‘nalishi talabalari jumladan, Muminova Muxlisa Latif qizi, Qurbonboyeva Xumora Jasur qizi va Askarov Amir Bayrambay ulilar faol ishtirok etishib, universitet sha’nini munosib himoya qilishib, yakunda qimmatbaho sovg‘alar sohibiga aylanishdi.

"Ekologiya va huquq" fakulteti dekani o‘rinbosari A.Binakulov axboroti

Universitet matbuot xizmati