Prezident topshirig‘ining ijrosi

14.11.2024

#Rektordan #Yangilik

Joriy yilning 7-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari" yuzasidan videoselektor  yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.


Selektorda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan bugun «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev boshchiligida suv xo‘jaligi sohasidagi hududlar mas’ullari, universitet professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar va universitetning bitiruvchilari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Unda soha mutaxassislari, talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari va takliflari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri Suv xo‘jaligi vaziri va «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti rektoridan javob oldilar. Shuningdek, Vazir Shavkat Xamrayev hozirgi kunda universitetimizning magistratura ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga shaxsan o‘zi dars berayotganini ta’kidlab, kelgusida ushbu tizimni bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ham joriy etishni ta’kidladi.


Qolaversa, «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi o‘quv auditoriyasini tashkil etish, 2025-yildan boshlab Vazirlik stipendiyasini universitetning iqtidorli talabalariga joriy qilish kelishib olindi