NISHONDORLARNI OLQISHLAYMIZ!

12.11.2024

#Ilmiy faoliyat #Ta`lim #Yangilik

    Har qanday ta’lim muassasasining nufuzi va shuhrati ilmu ta’limga munosabat hamda erishiladigan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq. Bu borada ta’lim olayotgan talabalarning ham, tarbiya berayotgan pedagoglarning ham o‘quv va tarbiya jarayonidagi ibratli faoliyati katta ahamiyat kasb etadi.

Bugun universitetimizning Ilmiy kengashida bir guruh iqtidorli pedagog va talabalarga minnatdorlik bildirib Universitet rektori Bahodir Mirzayev ularga tegishli nishon va mukofotlarni taqdim etdi.

     Dastavval, “Professional ta’lim”kafedrasi dotsenti Mustafoeva Durdona Asilovnaga Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi diplomi topshirildi.

So‘ngra “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Sindarov Obidjon Xoldarovichga “O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyo” ixtisosligi bo‘yicha, “Hayot faoliyati xavfsizligi”kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Murtazaeva Gulnoza Raxmat qiziga “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha, “Professional ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Jumanov Alisher Asatillaevichga “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi PhD Babajanov Farruhbek Karimovich “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha, Sirtqi bo‘lim dekan o‘rinbosari, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)ga Eshquvatov Quvonchbek Shavkatovichlarga Dotsent ilmiy unvonlari taqdim etildi.

    “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni doirasida bo‘lib o‘tgan tanlovda “Innovatsion yechim” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 2-o‘rin sohibi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 4-kurs talabasi No‘monjon Ibrohimov 2024 yil 8-11 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar akademiyasi, Innovatsiyalar ofisi hamkorligida tashkil etilgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni doirasida Toshkent shahar va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 100 ga yaqin yoshlar “Dasturiy ta’minot” va “Innovatsion yechim” yo‘nalishlarida bellashishdi. Tanlovda “BOYQUSh” uchuvchisiz boshqariladigan qurilmasini taqdim etib, tanlov natijasiga ko‘ra, “Innovatsion yechim” yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan qutlandi va tegishli nishon hamda mukofotlar bilan taqdirlandi.

         Keyin esa 2024/2025-o‘quv yili uchun Abdulla Oripov nomidagi maxsus stipendiya sohiblarini taqdirlash (sertifikat va tashakkurnoma) boshlandi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Kengashining 2024 yil 3 oktyabrdagi 2-son yig‘ilishi bayonnomasiga asosan quyidagi 7 nafar universitet talabalari “Abdulla Oripov” nomidagi maxsus stipendiya sohiblari bo‘lishdi:

1. To‘ymurodova Ro‘zigul Xoshim qizi – Gidromelioratsiya fakulteti 2-bosqich talabasi;

2. Sattorova Shohida Muzaffar qizi - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti 4-bosqich talabasi;

3. Ziyodullaev Shoxijahon - Energetika fakulteti 2-bosqich talabasi;

4. Ataboev Javohir Sarvar o‘g‘li – Ekologiya va huquq fakulteti 3-bosqich talabasi;

5. Ismoilova Umida Voxidjonovna - Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi;

6. Ahmatova Gulshoda G‘ulomjon qizi - Yer resurslari va kadastr fakulteti 3-bosqich talabasi;

7. Avliyokulova Sanobar Nodirovna – Magistratura bo‘limi 2-bosqich magistranti

 

         Rektor ularga tegishli bo‘lgan Abdulla Oripov nomidagi ko‘krak nishoni, sertifikat va tashakkurnomalarni tantanali ravishda topshirib ularni chin dildan samimiy qutladi.

         Ayniqsa, O‘zbekiston  Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov tomonidan universitetimizning  joriy yil hisobidan navbatdagi yutuqlari e’tirof etilgan va shu munosabat bilan taqdim etilgan zarhal tashakkurnoma nishoni hammani ruhlantirib yubordi.

 

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI