Talabalar assotsiatsiyasi kengashi raisi aniqlandi

12.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 11-noyabr kuni “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida Toshkent shahar talabalar kengashining 1-ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari, fakultet koordinatorlari, talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, uyushmalaridan iborat 550 nafar delegatlar jumladan, "TIQXMMI" MTU Yoshlar Ittifoqi jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

  Taqdimotlardan so‘ng, Talabalar assotsiatsiyasi raisi va uning turli yo‘nalishlar bo‘yicha yordamchilari ochiq ovoz berish yo‘li orqali saylandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 11 nafar o‘z tashabbusi bilan nomzodini qo‘ygan talabalar ichidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti Otabek Sobitov eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod deb qayd etildi va bir ovozdan assotsiatsiya raisi etib saylandi.

Jarayondan lavhalar va batafsil ma’lumotlar shu yerda