Xorijda ta’lim olish bo‘yicha yotoqxonada talaba qizlar bilan davra suhbati (Germaniya tajribasi asosida)
11.11.2024

Joriy yilning 9-noyabr sanasida "TIQXMMI" Milliy Tadqiqot Universiteti, N.1 Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talaba qizlarining Eberswalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti (Germaniya) professori Dilfuza Yuldasheva bilan davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbir "Ingliz tilli" kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti Xotin qizlar qo‘mitasi raisi Prof. Yunusova Farida, fakultet tyutori Xursandova Dilafro‘z tashabbuslari bilan tashkil qilindi.
Davra suhbat avvalida qizlarimizga Germaniyaning Xalqaro Iqlim Tashabbusi granti tomonidan moliyalashtirilgan VEGERA loyihasida "TIQXMMI" Milliy Tadqiqot Universiteti ishtirok qilib kelayotganligi, mazkur grantda Germaniyaning Eberswalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti vakillari ham ishtirok qilib kelishayotganligi, jumladan, Dilfuza Yuldasheva ham loyihani bir qator vazifalarini bajarish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurganligini ham ta’kidlab o‘tildi.
Mazkur uchrashuvda TTJ N.1 tarbiyachi-pedagog Turaqulova Nurxon va “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining talaba qizlari faol ishtirok qilishib, xorijda ta’lim olish va ishlash, ilmiy ish olib borish, Germaniyada yashash sharoitlari, xalqaro til bilish sertifikatlarini qo‘lga kiritish, bosh vaqtlarda ko‘proq kitob o‘qish ta’lim olish jarayonidagi o‘xshashlik va tafovutlar haqida uzoq bahs va munozaralar olib borildi.
Ishonamizki, bu kabi davra davra suhbatlar talaba qizlarimizga kelajakda o‘zlarining hayot yo‘llarini aniqlashda, yaxshi mutaxassis bo‘lishlarida va xorijiy davlatlarga ta’lim olish, ishlash kabi rejalarida ko‘mak berishi orqali talabalarimizni ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishlarida yordam beradi.



