Talabalik - oltin davr

11.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Talabalik cheksiz imkoniyatlar davri, ulkan maqsadlar sari olib boruvchi, umrimizning zavq-shavqqa to‘lgan eng go‘zal pallasidir. Har bir fasl singari, har bir davrning ham o‘z fazilati va xislati bor. U toblaydi, hayot sinovlaridan, turmush dovonlaridan muvaffaqiyatli oshib o‘tganlargina nurli qoyalarni egallaydi. Talabalik davri ham hammaga nasib etavermaydi. Demak, bu baxt, bu sinov, bu omad, bu mas’uliyat pallasidir. Talabalik davrida undan oqilona foydalanish, vaqti-vaqti bilan madaniy hordiq olish ham bu juda muhim ekanligini ta’kidlash joizdir. Shu munosabat bilan joriy yilning 9 - noyabr sanasida “Gidromelioratsiya” fakultetining 103 guruh talabalari darsdan bo‘sh vaqtlarda unumli foydalanish,  madaniy hordiq olish maqsadida, shahar bo‘ylab sayohat uyushtirishdi. 

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G. Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati