Milliy liboslar haftaligi

11.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Milliy liboslar haftaligi

  2024-yil 8-noyabr kuni “Energetika” fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan yuborilgan 2024 yil 22-oktyabrdagi 01/02-286-sonli xatining ijrosi yuzasidan “Milliy liboslar kuni” bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir millat ko‘zgusi bo‘lgan milliy ayollar libosini keng tarannum etish, ommalashtirish va ommabopligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

  Tadbirda erta tongdan barcha talaba va ustozlar milliy matolarimizda tikilgan bejirim liboslarda universitetga tashrif buyurishdi. Bayramona kayfiyat, yorqin ranglar va milliy musiqalar uyg‘unligi barchaning kayfiyatiga o‘zgacha ko‘tarinkilik baxsh etdi. O‘zbek milliy liboslari juda yorqin, chiroyli, qulay bo‘lib, xalqning boy madaniy an’analarining bir qismidir. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.

  Mazkur tadbir talabalarga manzur bo‘lib kelgusida shu kabi tadbirlarni ko‘proq tashkil etish taklifini bildirishdi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva, tyutor D.Xudoynazarova axboroti

Universitiet matbuot xizmati