Tejamkorlik-farovonlik garovi
08.11.2024

Tejamkorlik so‘zining o‘zagi “tejamoq” fe’lidan olingan bo‘lib, bu fe’lning ma’nosi haqida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “Tejamoq-ortiqcha sarfga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilib ish tutmoq, ayash, tejam bilan sarflamoq, sarflamay qoldirmoq” degan ma’nolarni anglatadi.
Joriy yilning 8-noyabr kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari boshchiligida “Tejamkorlik-farovonlik garovi” mavzusida 4-bosqich talabalariga “Ma’rifat darsi” o‘tkazildi. Tadbir davomida tejamkorlik haqida so‘z yuritilib: vaqtni tejash, umrni behuda ishlarga sarflashdan tejash, suvni tejash, qolaversa barcha bu jahonda mavjud bo‘lgan ne’matlarni tejash borasida fikrlar yuritildi.
"GTQ" fakulteti tyutorlari D.Xursandova va A.Shonazarovlar axborati
Universitet matbuot xizmati