5+1 dasturi

08.11.2024

#Ta`lim #Yangilik

  2024-yil 7-noyabrda Oqqovoq GESida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari”bakalavr ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalariga 5+1 dasturiga asosan “Gidroenergetik qurilmalardan foydalanish” fanidan amaliy dars o‘tildi.  Oqqovoq GESida olib borilgan amaliy darsda talabalar GESda elektr energiya ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar. GES jihozlari va qurilmalari nihoyatda murakkab bo‘lib,ularning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun mutaxassislar chuqur bilim va tajribaga ega bo‘lishlari katta ahamiyatga ega. Talabalar o‘zlari tomonidan berilgan savollarga atroflicha aniq misollar bilan javoblar oldilar. Olingan ma’lumotlar talabalarning bu sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirib, chuqur bilimga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.