Biz-sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz

08.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 7-noyabr  kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti “Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekan maslahatchisi Z.Xafizova, dekan o’rinbosari S.Xikmatullayev, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari D.Xursandova, A.Shonazarovlar va Shahar reproduktiv  markazi oliy toifali shifokorlari G.Abdullayeva, A.Aliyevalar hamkorligida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 3/15-52-2239-sonli xatiga asosan “Biz-sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz!!!” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda G.Abdullayeva so’zga chiqib OIV infeksiyasi-inso organizmida virus mavjud, ammo kasallik alomatlari hali namoyon bo’lmagan davr. Bunday kishilar OIV infeksiyasini yuqtirganlar deyiladi. OITS- kasallikning so’ngi (terminal) bosqichi- kasallikning o’ziga xos belgilari shakllangan davri. Bu davrda inson organizmi har qanday kasallikka bardosh berish xususiyatini yo’qotishi to’g’risida gapirib o’tdi. A.Aliyeva ham qo’shimcha qilib OITS sababsiz uzoq davom etuvchi yo‘tal, qisqa vaqt ichida keskin ozib ketish, harorat sababsiz ko‘tarilishi, uzoq vaqt ich ketishi (diareya), og‘iz bo‘shlig‘i va turli a'zolar yallig‘lanishi, xavfli o‘smalar rivojlanishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘lishi haqida ma’lumot berdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.

"GTQ" fakulteti tyutori  D.Xursandova va “YERK” fakulteti dekan o’rinbosari S.Xikmatullayevlar axboroti

Universitet matbuot xizmati