“Bir oyda bir kun” tadbirlar dasturi ijrosi

06.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 30-oktyabr kuni universitetning 2024-2025-o‘quv yili uchun “Energetika” fakulteti ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida mavjud muammo va uning yechimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan “Bir oyda bir kun” tadbirini o‘tkazish dasturi doirasida “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi katta o‘qituvchisi E.O.Ozodov kafedraga tegishli bo‘lgan “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yo‘nalishlarining 4-bosqich talabalari bilan birgalikda “Texnopark” MCHJ rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  Suhbat davomida “Texnopark” MCHJ xodimlari  ilmiy ishlab chiqarish korxonasida bajarilayotgan ilmiy innovatsion loyihalar, yaratilayotgan yangi intellektual qurilmalar haqida ma’lumot berdilar.

  Shuningdek, E.Ozodov va bitiruvchi talabalar o‘zlarining  “Bitiruv malakaviy ish” (BMI) lari mavzulari va ishlab chiqarish amaliyotlari bo‘yicha masalalar ustida to‘xtaldilar. Suhbat jarayonida talabalar ham o‘zlariga qiziqarli ma’lumotlarni oldilar.