Ehtiyot bo‘ling, is gazi

06.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 6-noyabr kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari va “Hayot faoliyati va xavfsizligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Murtazayeva bilan hamkorlikda 1-bosqich talabalari bilan “Is gazidan to‘g‘ri foydalanamiz” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. G. Murtazayeva so‘zga chiqib  is gazi – rangsiz, hidsiz, ko‘p uchraydigan zaharli birikma – tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi yoki chala yonishi oqibatida vujudga keladi. Insonlarning hayoti xavf ostida qolishiga sababchi bo‘ladigan is gazidan zaharlanish holatlari esa aksariyat hollarda xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik va e’tiborsizlik natijasida kelib chiqishi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.Uchrashuv mobaynida talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga javob olishdi. 

"GTQ" fakulteti tyutorlari D.Xursandova va A.Shonazarovlar axboroti

Universitet matbuot xizmati