Stress – organizmning salbiy javobi
06.11.2024
Joriy yilning 5-noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova va "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori D.Xursandovalar tomonidan "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti 1-kurs 104-guruh talaba yoshlari bilan “Stressga barqarorlikni shakllantirish” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir talabalarda o‘quv faoliyati jarayonida yuzaga keladigan stressogen vaziyatlar (shaxsning stress holatiga tushishiga sabab bo‘luvchi hayotiy murakkab vaziyatlar) va unga nisbatan bildiriladigan reaksiyalarning psixologik mexanizmlari, stressogen vaziyatlardan chiqib ketishda shaxsda mavjud bo‘lgan optimizm va pessimizm xususiyatlarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Seminarda stressning klinikasi, stressli vaziyatdagi fiziologik ko‘rinishlar, stressdan qutulish va uning oldini olish usullari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi va qiziqarli trening mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi va foydali maslahatlarga ega bo‘lishgan holda Lev Nikolayevich Tolstoyning purma’no so‘zlari bilan yakunlashni lozim topdik: “Optimist odamlar ham qachonlardir ruhan tushkunlik dunyosida yashaganlar. Pessimist bo‘lmagan odam hech qachon optimist bo‘la olmaydi, aslida”.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova va "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori D.Xursandovalar axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati