Farovon oila – kelajak poydevori

06.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova va Xor jamoasi a’zosi B.Ismoilovlar tomonidan 8-talabalar turar joyi "Ekologiya va huquq" fakulteti 1-kurs talaba qizlar bilan “Oila ma’naviyatimiz tayanchi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olishga doir tavsiyalar berish maqsadida tashkil etildi. 

  “Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta bo‘ladi. Oilalarda parokandalik bo‘lsa, jamiyatning ham tinchi yo‘qoladi va alaloqibat tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtiyor jamiyat shakllanadi. Chunki o‘zaro mehrli bo‘lgan ota-onalarning farzandlari ham bir-biriga mehribon bo‘ladi”, – dedi o‘z nutqida “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova. Tadbir savol – javob, bahs – munozara tarzida olib borildi. Tanlangan mavzu aktual bo‘lganligi sababli tadbir barcha ishtirokchilarga yoqdi va barcha talaba qizlar o‘z fikr mulohazalari bilan faol qatnashishdi va tadbirda o‘tkazgan vaqtlaridan mamnun ekanliklarini, hayotlari davomida dasturilamal bo‘la oladigan maslahat va tavsiyalar olishganini aytishib, samimiy minnatdorchiliklarini bildirishgan holda tadbir o‘z yakuniga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati