Professionalizmga yo‘l - mustaqil ta’limdan boshlanadi

06.11.2024

#Ta`lim #Yangilik

  Bugungi zamonaviy texnologiyalar asrida robotlar va mexatron sistemalar inson faoliyatining kelajagini belgilashda muhim rol o‘ynamoqda. Shuning uchun bu sohada injener kadrlar tayyorlash ta’limning eng samarador usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasida 60771500 – “Mexatronika va robotexnika” ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Mikroelektromexanik sistemalarni loyihalash” (MEMS) fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda shunday ilg‘or ta’lim usullaridan foydalanishmoqda. Talabalar kichik guruhlarga bo‘linib tayyorlagan innovatsion loyihalari barchada katta qiziqish uyg‘otmoqda. Quyida shunday loyihalar taqdimotidan lavhalar keltirilgan.