Ijarada yashovchi talabalarga e’tibor
06.11.2024
"TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari I.Ahmedova va X.Saidovalar boshchiligida fakultetning ijarada yashovchi talabalari ishtirokida “Yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Unda "Hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi o‘qituvchisi Kushnazarov Firdavs ishtirok etib talabalarga yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish favqulodda vaziyat ro‘y berganda dastlabki choralar va o‘zini himoya qilish, shuningdek, bu borada majburiyat va javobgarliklar haqida so‘z yuritdilar. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.
"Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari I.Ahmedova va X.Saidovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati