Mustaqil ta’lim- ijodiy faoliyat mahsulidir
06.11.2024
Bugungi kunda ilmiy izlanish, ilmiy ijod har bir pedagog kasbiy innovatsion faoliyatining ajralmas qismi sifatida belgilanmoqda. Bu esa o‘z navbatida oliy ta’lim muassasasining pedagog kadrlaridan kasbiy faoliyat sohasida kompetentlik, mas’uliyatlilik, o‘quv-tadqiqotchilik va ilmiy-tadqiqotchilik ishlarini samarali tashkil etish qobiliyati, mustaqil ta’lim va o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirishga tayyorgarlik kabi sifatlarga ega bo‘lishni talab etadi.
Jumladan, oliy ta’lim muassasasi pedagog kadrlarining kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablarida kasbiy faoliyat sohasining zamonaviy tendensiyalari va dolzarb masalalarini bilish, shuningdek, mustaqil ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish asosiy vazifalar sifatida belgilanib, bunda quyidagi kompetensiyalarni o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi:
– talabalarni tanlagan kasbiy faoliyat sohasida mustaqil ta’lim olishga o‘rgatish,ularning ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarida falsifikatorlik qilish
2.talabalar faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‘luvchi bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan sifatlar nazarda tutiladi.
Talaba o‘z qobiliyat va malakalarini qanchalik yaxshi va yuqori darajada namoyon etsa, pedagog shunga mos talablar va stimullar ishlab chiqishi lozim. O‘qituvchi o‘z talabasini «yo‘qotmay» o‘z bilimlarini yanada chuqurlashtirishga ko‘maklashishi, talabalar uchun zarur bo‘lgan bilimlar hajmi va sifatini to‘g‘ri tanlay olishi, shuningdek, talabalar bilan hamkorlikda yangi bilim va ko‘nikmalarni turli kontekst va holatlarda sinab ko‘rish hamda tegishli xulosalarni shakllantirish uchun erkin-ijodiy ta’lim muhitini qaror toptirishi lozim.Shu nuqtali nazardan 3–bosqich “Suv xo‘jaligini mexanizatsiyalash” “Professional ta’lim” yo‘nalishi talabalarini “Pedagogik mahorat” fanidan professor Zuxra Ismailova rahbarligida mustaqil ta’limni talabalar bilan birga tayyorlash va tayyorlagan materiallar bo‘yicha talabalar bilan fikr almashish jarayoni tashkil etildi.
Bunday mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanish ertangi kunda, ayniqsa bo‘lajak pedagoglarga faoliyatlari jarayonida katta ahamiyat kasb etadi. Chunki mustaqil ta’lim ga tayyorgarlik, taqdimot bo‘yicha fikrlarni bayon etish, savol javoblarga tayyorgarlik talabani nutqini o‘stiradi, fikrlash doirasi kengayadi, o‘z ustida ishlashga undaydi va qaror qabul qilish va xulosaga kelishga chorlaydi.