Motamsaro ona haykali xotira maydoniga tashrif
06.11.2024
Joriy yilning 2-noyabr kuni “TIQXMMI” MTU “Energetika” fakulteti tyutori B. Abdullayev boshchiligida 101-guruh talabalari bilan birgalikda Motamsaro ona haykali xotira maydoniga tashrif buyurildi. Motamsaro ona haykali – ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan O‘zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag‘ishlab Toshkent shahrida 1999 yilda bunyod etilgan bo‘lib, “Xotira va qadrlash” maydoniga o‘rnatilgan haykaldir. Unda farzandlari urushdan qaytmagan motamsaro ona qiyofasi aks ettirilgan. Onaning yuzlarini ajin bosgan, qaddi bukilgan, g‘amga to‘la nigohlari yerga qadalgan. Tashrif davomida talabalar ushbu maydonda o‘zlari uchun juda kerakli juda ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati