Tejamkorlik yaxshi fazilat

06.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 5-noyabr kuni “Energetika” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva va tyutor D.Xudoynazarorvalar tomonidan 3-talabalar turar joyida talaba qizlar bilan “Tejamkorlik yaxshi fazilat” mavzusida suhbatlashildi. 

  Tejamkorlik -  insonning ma’naviyatini boyitadi, oilasiga qut-baraka keltiradi. Tejamkorlik - ne’matlarni isrof qilmaslik, ularni qadrlab, me’yor bilan ishlatishdir. Ajdodlarimiz tejamli oilalarning barakali, to‘kis, dasturxoni to‘kin bo‘lishini aytishgan. Tejamkorlik, avvalo, xalqning va o‘zining mehnatini qadrlash, qanoatli bo‘lish, faqat bugunni emas, ertani ham o‘ylash degani. Bu xislatlar insonda bir kunda shakllanmaydi. Ularni bolalikdan, yoshlikdan tarbiyalash kerak. Bizning zimmamizdagi muhim vazifa ana shunday xislatlarni talaba-qizlarga yetkazish, o‘rnak bo‘lishdir.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati