Ekologik partiya volontyorlarni taqdirladi

05.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Hamzayev bir guruh yoshlar bilan uchrashib, saylovoldi tadbirlarida ko‘ngilli sifatida faol ishtirok etgan yoshlarga, fidoyiligi va tashabbuskorligi uchun minnatdorchilik bildirdi. 

  Partiya raisi ularga faxriy yorliqlar esdalik sovg‘alarini topshirib, kelgusida ham mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi tashabbuslarda yoshlar faolligi muhim ekanligini ta’kidladi.

  Ekologik partiya saylov oldi targ‘ibotida faol ishtirok etgan universitetimiz ekologiya va huquq fakulteti talabasi Qurbonboyeva Xumora faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.