Biz giyohvandlikka qarshimiz
05.11.2024

Joriy yilning 5-noyabr kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti xotin qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori leytenant G. H. Xalilova, xotin–qizlar masalalari bo‘yicha psixologi D.Yusupova “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari D.Xursandova, A.Shonazarovlar hamkorlikda “Giyohvandlikka biz qarshimiz” mavzusida 2-kurs talabalari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi. profilaktika inspektori leytenant G. H. Xalilova so‘zga chiqib giyohvandlikka ruju qo‘yishning ayanchli oqibatlari misollar bilan tushuntirib berildi. Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixolog Yusupova Dilafruz talabalarga "Giyohvand moddalar inson kelajagiga bolta urushdir" deb tushuntirish ishlari olib bordi va trening mashg‘uloti o‘tkazdi.
Tadbirda asosan GTQ fakulteti tyutorlari qatnashdilar.
Xotin-qizlar psixologi Yusupova Dilafruz axboroti
Universitet matbuot xizmati