Sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari
05.11.2024

Joriy yilning 5-noyabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakultetining tyutorlari X.Saidova va I. Ahmedovalar boshchiligida 1-bosqich faol talabalari bilan “Biz - sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida tadbir uyushtirildi.
Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr qurishning garovi sog‘lom turmush tarzi ekanligi bugun barchaga ayon haqiqat. Zero, har birimiz, eng avvalo,o‘z sog‘lig‘imizni o‘ylashimiz darkor. Ana shunda xotirjam va farovon hayot kechirgan, ko‘plab asoratli xastaliklarning oldini olgan bo‘lamiz.
“Biz - sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusiga bag‘ishlab devoriy gazetalar chiqarishdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar.
GTQ tyutorlari X Saidova va D.Xursandovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati





