Mahalla yoshlari bilan uchrashuv
05.11.2024

Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, joriy yilning 4-noyabr kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Beknazarova va fakultet tyutorlari Gulchehra Axmedjanova, Dilbar Аxrarovalar tomonidan M. Ulug‘bek tumani “Lashkarbegi” mahallasi raisi Karimova Nigora Agzamovnava tarbiyasi og‘ir bo‘lgan qizlar bilan suhbat tashkil etildi.
Bundan maqsad, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy faollikni oshirish, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish va shu maqsadda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirishdan iborat.
“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova va fakultet tyutorlari G. Axmedjanova, D.Аxrarovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati



