“Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

05.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yinini yoshlar orasida targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilib, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida intellektual o‘yinlar tashkil etilmoqda.

  Jumladan, joriy yilning 4-noyabr kuni, "Gidromelioratsiya" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova rahbarligida «Gidrologiya» kafedrasi dotsenti Sobirjon Qodirov, Gulnora Jumaboyeva va  fakultet tyutorlari Gulchehra Axmedjanova, Dilbar Аxrarovalar ishtirokida  talaba qizlar o‘rtasida “Zakovat”  intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekan va dekan o‘rinbosarlari professor o‘qituvchilar ham ishtirok etishdi. 

  Intellektual o‘yinda  “FENIKS”, “GIDROLIDERS” va “GIDROLOG” jamoalari kuch sinashdi va birinchi o‘rinni “FENIKS” jamoasi egalladi. Murosasiz kechgan final bahsida zukko va bilimdon talabalar qizlar bir-biridan qiziqarli savollarga javob izlab, o‘z topqirligini ishga soldi. Tadbir yakunida “Zakovat” intellektual o‘yini ishtirokchilari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova va fakultet tyutorlari G. Axmedjanova, D.Аxrarovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati