Ayol – oila, jamiyat yurt tayanchi

05.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova tomonidan 8-talabalar turar joyi "Ekologiya va huquq" fakulteti "Filologiya" yo‘nalishi 3-qavat Turkmanistonlik talaba qizlar bilan “Ayol – oila, jamiyat yurt tayanchi!!!” shiori ostida seminar trening tashkil etildi. Tadbir yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy nizolarning oldini olish, “urf”ga aylanib borayotgan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga, oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berish maqsadida tashkil etildi.

  Hech kimga sir emas, qon-qonimizga singib ketgan urf-odatlar, qadriyatlar, odob-axloq mezonlari bevosita oilada shakllanadi. Ulg‘ayib kelayotgan har bir yosh, avvalo, ota-onasidan, bobo-buvisidan mana shu mezonlar asosida ta’lim-tarbiya oladi. Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, degan naql bor. O‘z navbatida oilada shakllanib kelayotgan har bir inson jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi, u ertaga kelajak poydevori bo‘lishi lozimligi, albatta, oilada singdirilib, uqtirib boriladi. Bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotgan  oila mezonlari – jamiyat mezonlari ekanligi yana bir bor isbotlanmoqda.  

  Shuni alohida ta’kidlash joizki, oilani mustahkam ushlab turish, kelajak avlodni benuqson tarbiyalash bevosita onalarimiz, ayollarimiz, xotin-qizlarimizga bog‘liq ekanligi barchamizga ayon. Shunday ekan, biz avvalo, ma’nan yetuk, aqlan sog‘lom, fikrati-yu siyratida dadillik ufurib turadigan, qat’iyat va sabr-matonatli qizlarimizni tarbiya qilmog‘imiz, ularni turli to‘fonlardan gul kabi asrab-avaylab, ularni oilaviy hayotga tayyorlab borishimiz zarur. Bugungi tadbirda oila deb atalmish qo‘rg‘onning asl tayanchi ayol-qizlarimiz ekani va ular qay darajada tarbiyali, or-nomusli, sabr-matonatli, ilmli, ziyoli bo‘lishsa kelajak avlod o‘sha darajada yuksalishi mumkinligi, jamiyat ularning qo‘lida ekanligi, Milliy qadriyatlar asosida kamol topayotgan qizlarimizni bevosita ilmli qilish, ularni  turli sohalarda o‘qitish, kasb-hunar egallashi, avvalo, o‘zi, oilasi uchun poydevor bo‘lsa, ikkinchi tomondan jamiyatda sog‘lom  fikrlovchi shaxslarning ko‘payishiga sabab bo‘lishi haqida so‘z yuritildi. 

Universitet psixologi M.K.Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati