Xotin-qizlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi

02.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 1-noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti-milliy tadqiqot universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga asosan, ta’lim muassasasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularga yaratilgan sharoitlar, Qizlarjon”, “Lider qizlar” klublari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruh tashrif buyurdi.

  Ishchi guruh raisi va a’zolaridan Respublika xotin-qizlar kengashi raisi, Urgench davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurillaeva, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi I.Seytnazarova, Andijon davlat tibbiyot instituti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatovalar tomonidan universitetda xotin-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, xotin-qizlar Kengashi faoliyatini chuqur tahlil qilindi.

  Bunda talaba-qizlarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va boshqa to‘garak hamda klublarda qatnashishi uchun sharoitlarning yaratilganligi, o‘quv zali, ma’naviyat va ma’rifat, dam olish (ota-onalar), gigiyena va tarbiyachilar xonalari, oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi, dush tashkil etilganligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ahvoli, oilali talaba-qizlar uchun “Ona va bola”xonasi mavjudligi, TTJ lardagi sharoitlar o‘rganildi. 

  Ishchi guruh tomonidan xotin-qizlar maslahat kengashi raisining faoliyati va barcha me’yoriy hujjatlari savolnoma asosida o‘rganildi, ularga ajratilgan xona va uning jihozlanishi, dekan maslahatchilarining me’yoriy hujjatlari to‘liq o‘rganib chiqildi. Universitetdagi to‘garaklar faoliyatini ko‘rish maqsadida TTJ larga tashrif buyurishdi ulardagi sharoitlar va to‘garaklar faoliyati bilan tanishdilar. Shu bilan birga sport to‘garaklariga  va TTJ dagi tikuvchilik to‘garagi va “Ona va bola” xonalariga ga ham  tashrif buyurdilar.

  Ishchi guruh tomonidan o‘rganish natijasi ijobiy baholangan holda tajriba almashish maqsadida bir qancha taklif va tavsiyalar berib o‘tildi. Bunday tekshiruvlar xotin-qizlar faoliyati samaradorligini oshiradi deb o‘ylaymiz, chunki  har bir ishchi guruh tomonidan berilgan tavsiyalar kelajakda ish faoliyatini yanada oshiradi.