Sog‘lom ruhiyat, sog‘lom hayot tarafdorimiz
02.11.2024

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova tomonidan "Ekologiya" fakulteti 8-talabalar turar joyida chet ellik talabalarning TTJga adaptatsiya qilish jarayonini nazorat qilish, talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom ruhiy va ijtimoiy muhitni shakllantirish maqsadida "Sog‘lom ruhiyat, sog‘lom hayot tarafdorimiz!!!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Treningning vazifalari:
- -muloqotmandlik va pozitiv munosabatlar o‘rnatish malakasini shakllantirish;
- -talabalarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini kuchaytirish;
- -kelgusida mustahkam va baxtli oilalar barpo qilishga doir tushunchalarni o‘stirish;
Tadbirda 3-qavatda yashovchi barcha talaba qizlar xonalariga alohida kirilib, mavzuga doir suhbatlar tashkil etildi. Qavat sardorlari Gulhayo va Gulistonlar uchrashuvlarni tashkillashtirishda yaqindan yordam berishdi. Bu safargi uchrashuvda ham barcha turkmanistonlik talabalar tadbirda faol qatnashdilar. Turkmanistonlik talaba qizlar bilan olib borilgan tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Universitet psixologi M.K.Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati





