Muzeylar-ma’naviyat ko‘zgusi
01.11.2024

Joriy yilning 31 oktyabr kuni «TIQXMMI»-MTU "Gidromelioratsiya" fakulteti 1–bosqich talabalari, hamda «O‘zbek tili va adabiyoti» kafedrasi o‘qituvchisi G.K.Musayeva bilan birgalikda “Yunus Rajabiy” uy muzeyiga tashrif buyurishdi.
Muzey 1997-yil dekabr oyida, Yunus Rajabiy tavalludining 100 yilligi arafasida uning o‘g‘li Hasan Rajabiy tomonidan tashkil qilingan. Muzeyning birinchi qavatida memorial va cholg‘u asboblar ekspozitsiyasi xonasi hamda mehmonxona joylashgan. Memorial xonada Yunus Rajabiyning mebellari, radio, ustki kiyimi, stolining ustida esa musiqa asbobi, notalari, ruchka, choynak-piyolalari qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1989 yil 13-sentyabrdagi 301-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 1989 yil 28-sentyabrdagi 385-son buyrug‘iga asosan 1957-1976 yillar davomida yashagan atoqli bastakor va hofiz, Yunus Rajabiy uy-muzeyi tashkil etildi.
Muzey haqida undagi ma’lumotlar, rasmlar, eksponatlar haqida muzeyshunos juda kerakli ma’lumotlarni qiziqarli tarzda gapirib berdi. Talabalar a’lo kayfiyatda kerakli ma’lumotlarni olib qaytishdi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Gulchehra Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati