“Chirchiq GESlar kaskadi” UKda mashg‘ulotlarini olib borilishi

01.10.2024

#Ta`lim #Yangilik

  Jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini kengaytirish, jumladan, gidroenergetika sohasini rivojlantirishda ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlari integratsiyalashuvi bo‘yicha islohotlarni izchil amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi. 

  Shu maqsadda “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasi va “Chirchiq GESlar kaskadi” unitar korxonasi o‘rtasida gidroenergetika sohasini rivojlantirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash hamda “Dual ta’lim”ni  rivojlantirish maqsadida 2019 yilda Chirchiq GESida “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasining filiali tashkil etilgan. Filialda “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari” ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda “GES qurilishi va ulardan foydalanish” magistratura mutaxassisligi magistrantlari ta’lim olishmoqda. Haftaning payshanba kuni talabalar “Gidroenergetik qurilmalardan foydalanish” fanining amaliyot mashg‘ulotlarini “Chirchiq GESlar kaskadi” UK tarkibiga kiradigan obyektlarda olib borishadi.

  Xususan, 2024 -yil 31-oktyabrda “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 406, 408- guruh talabalari modernizatsiya qilingan Oqqovoq GESida mashg‘ulotini olib borishdi va GESning eng zamonaviy uskuna va jihozlari bilan tanishdi.

“Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati