Soha yuzasidan ingliz tili tatbiqi
30.10.2024

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Nizomiddinovna rahbarligida "Economics in commerce" mavzusida Buxgalteriya 109-guruh talabalari "Next" savdo markaziga soha yuzasidan ingliz tilini tatbiq qilish va o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli qilish maqsadida tashrif buyurishdi. Savdo markazidagi ko‘rgazmalar tomosha qilindi va qiziqarli suhbatlar olib borildi. Interaktiv o‘yinlarni ingliz tilida olib borilgani esa talabalarning ingliz tilidagi nutqiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ishonamizki, bu turdagi tashrif talabalarning dunyoqarashini oshirishda hamda ingliz tilida eshitish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirishda ko‘mak bo‘la oladi.
"Ingliz tili" kafedrasi axboroti
Universitet matbuot xizmati