Nufuzli anjumandagi ishtirok

30.10.2024

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

  Ayni daqiqalarda Toshkentda Barqaror suv harakati paradigmasini o‘zgartirish mavzusiga bag‘ishlangan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilari konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 

  Konferensiya ochilishida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terhi Xakala, Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Zulfiya Suleymenova (video), nutq so‘zladilar.

  Universitetimiz professor-o‘qituvchilari va "Ekologiya va huquq" fakulteti iqtidorli talabalari ham ushbu konferensiyada faol ishtirok etishmoqda.

"Ekologiya va huquq" fakulteti dekan o‘rinbosari Binakulov A. axboroti

Universitet matbuot xizmati