O‘tmish ajdodlar yodi

30.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Shahidlar xotirasi maydoni – O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, XX asr boshlarida yurtimizda ro‘y bergan qatag‘onlar natijasida qurbon bo‘lgan xalqimiz farzandlarining xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan me’moriy majmua. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 12-maydagi Farmoyishiga muvofiq mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish komissiyasi tashkil etildi va “Shahidlar xotirasi xayriya jamg‘armasi” tuzildi. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 5-maydagi Qaroriga binoan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi faoliyati yanada takomillashtirildi. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq tarixiy adolatni tiklash, Vatan ozodligi va xalq baxt-saodati yo‘lida shahid ketgan ajdodlar xotirasini yod etish ishiga katta e’tibor berildi. Respublikamizda Fayzulla Xo‘jayev, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Maqsud Shayxzoda singari davlat va madaniyat arboblarining yubileylari o‘tkazilib, universitet, maktab, ko‘chalarga ularning nomlari berildi. Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon vafotlaridan keyin Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandilar. Qatag‘onga uchragan adabiyot va san’atimizning yetuk namoyandalari esa "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandilar.

  Joriy yilning 30-oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori boshchiligida 102-105-guruh talaba yoshlari “Shahidlar xotirasi” xiyoboniga  tashrif buyurishdi.  

GTQ fakulteti tyutori A.Shonazarov axboroti

Universitet matbuot xizmati