"SPORT SOG‘LIK GAROVI"
30.10.2024
#Sport
#Yangilik

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan "Tezroq, kuchliroq, birgalikda" shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqada ishtirokchilar sport bilan birgalikda kundalik turmush tarzini ham targ‘ib qilishdi, o‘z qobiliyatlarini ishga solib g‘alabaga erishishdi, shuningdek, sport bilan shug‘ullanish insonlarning sog‘lom turmush tarzi uchun ahamiyati qay darajada muhimligini yana bir bor isbotlashdi.
"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi X. Uraimova hamda fakultet koordinatori S. Jonibekova axboroti.
Universitet axborot xizmati