O‘zbek xotin-qizlarining davlatchilik tarixidagi o‘rni va xizmatlari

30.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 29-oktyabr kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi qoshidagi “Qizlarjon” klubi rejasi asosida “Energetika” fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida “O‘zbek xotin-qizlarining davlatchilik tarixidagi o‘rni va xizmatlari” mavzusida taqdimotlar tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu taqdimotlar tanlovi fakultet talaba-qizlari o‘rtasida buyuk allomalarimizning tarixiy kitoblarida qizlar haqidagi tarbiyaviy o‘gitlarga tayangan holda kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi. 

  2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash”ga e’tibor qaratilgan. Zero, tarixdan yurtimizda xotin-qizlarga bo‘lgan munosabat doim yuksak darajada bo‘lib, ajdodlarimiz ularni ona, yor, opa, singil sifatida qadrlab kelgan. Ushbu tanlov ham azaldan ayolni e’zozlashga qaratilgan, ajdodlardan meros an’analarni davom ettirishga yo‘l ochuvchi yana bir omil sifatidadir. 

  O‘tkazilgan talovning birinchi bosqichida 3 nafar talaba qizlarning g‘oyalari ma’qullanib, keyingi bosqichga tavsiya etildi. Tanlovning keyingi bosqich shartlariga ko‘ra talaba-qizlar o‘zlarining tayyorlagan taqdimotlariga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirildi.   

  Talaba-qizlar tomonidan “Kitobxon qizlar klubi”ni yaratish va klubga a’zolar safini kengaytirish to‘g‘risida takliflarini bildirishdi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti

Universitet axborot xizmati