Magistrantlar o‘quv jarayonining ishlab chiqarish bilan integratsiyasi
29.10.2024
#Ta`lim
#Yangilik
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev TIQXMMI MTU magistrantlariga “Gidromeliorativ tizimlarni modernizatsiya qilish” fanidan 2024/2025 o‘quv yili boshidan suv xo‘jaligi vazirligining maxsus auditoriyasida dars mashg‘ulotlarini o‘tib kelmoqda. Magistrantlarga Respublika suv xo‘jaligidagi dolzarb muammolar, ularni bartaraf qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan taklif va yo‘nalishlar, suv xo‘jaligi inshootlarini modernizatsiya qilishda qo‘llanilayotgan investitsiya fondlari va boshqa ma’lumotlar berib kelinmoqda. Mashg‘ulotlar munozarali va ilmga yo‘naltirilgan holda olib borilmoqda.
