“Ulug‘bek” jamg‘armasi
29.10.2024

O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 28.10.2024-yildagi 3/47-3000-2-son xati ijrosi bo‘yicha, 29.10.2024 yil soat 10:30 da Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining ma’ruzalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Qo‘ng‘irot Avezimbetovich va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Tuychiev Olimjon Alijonovichlarning “Muhandislik yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlash va muammolar” mavzusidagi ma’ruzalari o‘tkazildi. Tadbirda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTUning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Xudayarov va Magistratura bo‘lim boshlig‘i A.Yangiyev rahbarligida 35-nafar iqtidorli tayanch doktorant va magistrantlar Jamg‘armaning ma’ruzalar zalida qatnashishdi. Tadbirda ma’ruzachilar tinglovchilarning savollariga ham javoblar berishdi, tadbir foydali va mazmunli bo‘lib o‘tdi.









