Qizlarjon klubi va lider qizlar bilan davra suhbati
29.10.2024

2024-yil 28-oktyabrda “Yer resurslari va kadastr” fakultetining faol talaba qizlari bilan davra suhbati o‘tkazildi. “Qizlarjon klubi”rahbari R.Rasulova so‘zga chiqib, hozirgi kunda qizlarning jamiyatdagi roli va ta’siri har qanday jamiyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi, shuningdek, ushbu maqsadda tashkil etilgan bir jamiyat tashkiloti bo‘lib, qizlar o‘rtasida loyiha va faoliyatlarni rivojlantirish, liderlik qobiliyatlarini oshirish va ijtimoiy mas’uliyatni his qilishni maqsad ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi..
Klubning maqsadi asosan, qizlarning ta’lim, shaxsiy rivojlanish va jamiyatda faol qatnashishlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Klub, shundan kelib chiqib, qizlarga o‘z iste’dodlari, qiziqishlari va orzularini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Davra suhbati, bugungi kunda, qizlarjon klubi a’zolari uchun katta ahamiyatga ega. Unda qizlar o‘z fikrlarini erkin bildirish, bir-birlaridan o‘rganish va umumiy muammolarni muhokama qilish imkoniyatiga ega. Undan tashqari davra suhbati vaqtida, qizlar ta’lim va ta’lim sifati, fuqarolik huquqlari va jamiyatdagi gender tengligi kabi mavzularni muhokama qildilar.
Ushbu klub, shubhasiz, kelajakda ham qizlarning rivojlanishi va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati