ArcGIS Pro dasturini bepul o‘rganish bo‘yicha to‘garak tashkil etildi

26.10.2024

#Ta`lim #Yangilik

Yer resurslari va kadastr fakulteti talabalari uchun ArcGIS Pro dasturini bepul o‘rganish bo‘yicha to‘garak tashkil etildi. 

To‘garak universitetning 5-o‘quv binosi (kompyuter xonasi) da bo‘lib o‘tmoqda.

Bu to‘garak orqali talabalar quyidagi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi:

  • Geoaxborot tizimlari haqida  tushuncha;
  • ArcGIS Pro dasturi haqida va interfeysi bilan tanishuv;
  • Geoma’lumotlar bazasini boshqarish;
  • Geografik obyektlarni chizish va tahrirlash;
  • Xaritalarini yaratish va vizualizatsiya qilish. 

To‘garakni tashkil etishdan maqsad:

  • Geoaxborot tizimlarida xaritalar yaratishni zamonaviy dasturlar bilan o‘rganish va bilimlarni oshirish. 

To‘garak Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi Agrosanoatni Raqamlashtirish Markazi mutaxassisi Nurbek Xurramov tomonidan o‘tkazilmoqda.