ArcGIS Pro dasturini bepul o‘rganish bo‘yicha to‘garak tashkil etildi
26.10.2024
#Ta`lim
#Yangilik
Yer resurslari va kadastr fakulteti talabalari uchun ArcGIS Pro dasturini bepul o‘rganish bo‘yicha to‘garak tashkil etildi.
To‘garak universitetning 5-o‘quv binosi (kompyuter xonasi) da bo‘lib o‘tmoqda.
Bu to‘garak orqali talabalar quyidagi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi:
- Geoaxborot tizimlari haqida tushuncha;
- ArcGIS Pro dasturi haqida va interfeysi bilan tanishuv;
- Geoma’lumotlar bazasini boshqarish;
- Geografik obyektlarni chizish va tahrirlash;
- Xaritalarini yaratish va vizualizatsiya qilish.
To‘garakni tashkil etishdan maqsad:
- Geoaxborot tizimlarida xaritalar yaratishni zamonaviy dasturlar bilan o‘rganish va bilimlarni oshirish.

To‘garak Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi Agrosanoatni Raqamlashtirish Markazi mutaxassisi Nurbek Xurramov tomonidan o‘tkazilmoqda.