Sergey Borodin uy-muzeyiga sayohat
26.10.2024

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti 1-bosqich talabalari uchun Sergey Borodin uy- muzeyi bilan tanishish unutilmas sayohatga aylandi. "Iqtisodiyot" fakultet tyutori Shodiyeva Gulbahor boshchiligidagi talabalar guruhi taniqli yozuvchi va shoir Sergey Borodinning uy-muzeyiga tashrif buyurib, uning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Muzeyga kirishimiz bilan, Sergey Borodinning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdik. Uning yozgan asarlari, shaxsiy buyumlari, suratlari va hatto uning ishxonasini ko‘rish bizda katta taassurot qoldirdi.
Sergey Borodinning hayoti va ijodi bizni uning Ilhom manbai, mehnatsevarligi va vatanparvarligiga hayratga soldi. Uning asarlarida inson ruhining go‘zalligi, tabiatning mohiyati va Vatanga bo‘lgan muhabbat aks etgan.
Muzeydagi eksponatlarni ko‘rib, biz Sergey Borodinning ijodiy merosining boyligi va ahamiyatini yana bir bor anglab etdik. Uning asarlari biz uchun haqiqiy ma’naviy boylik bo‘lib qoldi.
Bu tashrif bizga Sergey Borodinning ijodiy merosini yaqindan tanib, uning hayoti va ijodidan ibrat olish imkonini berdi. Biz bugun buyuk shoirning uy-muzeyida bo‘lganligimizga faxrlanadigan bo‘ldik.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati





