Mаlаkа oshirish kurslari davom etmoqda

26.10.2024

#Ta`lim #Yangilik

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli va Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 415-sonli qarorlari va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 20-dekabrdagi 535-sonli buyrug‘iga asosan, Universitetimiz huzuridagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida oktyabr-noyabr oylariga mo‘ljallangan 288-soatlik masofaviy malaka oshirish kurslari davom etmoqda. Ushbu malakasini oshirish kurslarida nafaqa yoshidagi, nogironligi bor va 3 yoshgacha farzandi bor bo‘lgan professor – o‘qituvchilar ishtirok etishmoqda. Malaka oshirish kurslari Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, Suv xo‘jaligi va melioratsiya, Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, Yer kadastri va yer tuzish, Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish, Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari, Suv ta’minoti muhandislik tizimlari, Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish yo‘nalishlarida jami 32 nafar professor – o‘qituvchi masofaviy malaka oshirish kurslari modullarini o‘zlashtirib respublika va xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribalarini o‘rganishmoqda.