Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazish

25.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2024-yil 25-oktyabrda «Yer resurslari va kadastr» fakultetida BMT Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25-noyabr Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, sifatida belgilanganligi munosabati bilan fakultetda seminar-trening o‘tkazildi.. Ushbu seminar-treningda oliy toifali  yurist P.Xaitov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori G. Xalilova  psixolog D.Yusupovalar qatnashdilar.

  Ushbu seminar-treningda oliy toifali yurist P.Xaitov ma’ruza qildi. P.Xaitov o‘z ma’ruzasida -Zo‘ravonlik va tazyiq inson huquqlariga jiddiy zarar yetkazadigan illatlardan biri bo‘lib, bu muammo jamiyatning barcha qatlamlariga ta’sir qilishi, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik, jismoniy va psixologik tazyiq ularning hayotini chuqur tarzda izdan chiqarishi mumkinligini sabablari to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Va shu bilan birga, bunday zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, uni fosh qilish va xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida seminar va treninglar o‘tkazish alohida ahamiyatga ega-deb ta’kidlab o‘tdi. 

  SHundan so‘ng xotin–qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori G.Xalilova  “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan seminar-treninglar quyidagi asosiy maqsadlarga ega:

  • - Ogohlikni oshirish: Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida zo‘ravonlik va tazyiqning turlari, uning oqibatlari va himoya yo‘llari haqida to‘liq ma’lumot berish.
  • - Huquqiy ma’lumot berish: Zo‘ravonlikka qarshi qonunlar va huquqiy himoya usullari haqida ma’lumot tarqatish, ayniqsa, mavjud davlat va nodavlat tashkilotlarning yordam dasturlari haqidagi ma’lumotlarni tarqatish.
  • - Himoya ko‘nikmalarini shakllantirish: Xotin-qizlarga o‘zlarini himoya qilish va tazyiq holatlarida qanday harakat qilish kerakligi haqida amaliy ko‘nikmalar berish.
  • - Jamiyatdagi munosabatlarni o‘zgartirish: Seminarlar orqali jamiyat a’zolari, jumladan, erkaklarni ham aniq axloqiy qoidalarga chaqirish va zo‘ravonlikka nisbatan keskin munosabat shakllantirish bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. 

  Psixologik himoya bo‘yicha psixolog D.Yusupova - Zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar uchun psixologik yordam ahamiyati katta. Treningda ularga ruxiy salomatlikni saqlash bo‘yicha maslahatlar berish va ko‘makchi tashkilotlar bilan bog‘lanish usullarini o‘rgatish kerakligi, madaniy va ijtimoiy omillarni tushunish, Zo‘ravonlik ko‘pincha madaniy va ijtimoiy omillarga bog‘liq bo‘lib, bunday omillar quyi qatlamlardan tortib, o‘qimishli oilalarda ham uchrab turishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. 

  Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqning oldini olish uchun o‘tkaziladigan seminar-treninglar jamiyatda bunday illatlarga qarshi kurashishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Ularning samaradorligi ogohlikni oshirish, huquqiy ma’lumotlarni tarqatish va amaliy ko‘nikmalar berish bilan bog‘liqdir.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati