Oilaviy talaba qizlar bilan suhbat

25.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2024-yil 24-oktyabrda yangi oila qurgan 4-bosqich talaba qizlar N. Nazarova va M.Shakirovalar  bilan suhbat o‘tkazildi.  Biz bilamizki , Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, shaxsning tarbiyasida markaziy o‘rin tutadi. Oilali talaba qizlar bilan davra suhbatlari-oilada qizlar bilan amaliy va ma’naviy tarbiya berishga qaratilgan jarayondir. Oilaviy davra suhbatlari insonning shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, talaba qizlar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar ularning hayotida tub burilishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday suhbatlar oilaviy munosabatlar, kelajakdagi hayotda muvaffaqiyatli va qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun zarur bo‘lgan ma’naviy qadriyatlar va ijtimoiy bilimlarni berishda muhim o‘rin tutadi.

  Bunday suhbatlarda qizlarga axloq va odob qoidalari, kelajakdagi hayotini qanday qurish zarurligi, o‘zini mustahkam shaxs sifatida shakllantirish usullari haqida tushunchalar beriladi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati