Ijodiy fikrlashni rivojlantirish san’ati

24.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 25-oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari X.Saidova va I.Ahmedovalar hamkorlikda fakultet binosi 212-auditoriyada "Ekologiya va huquq" fakulteti, "Filologiya" yo‘nalishi 109-109А-110-111-112-113-guruh talaba yoshlari bilan "Ijodiy yondashuv orqali muammolarni hal etish yo‘llari" mavzusida seminar trening o‘tkazishdi.Tadbir talabalarning ta’lim olishlari, taraqqiyoti, tarbiyasi, kasbiy shakllanishlari, turmushga tayyorgarlik, o‘zaro munosabat va muomala, muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarashlari, qobiliyat, iqtidorlarini shakllantirish, ochilmagan qirralarini kashf etish maqsadida uyushtirildi. Tadbir davomida kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish borasida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi. Talabalarning  kayfiyatlarini pozitiv tomonga o‘zgartirishga mo‘ljallangan o‘yin va mashg‘ulotlar o‘tkazildi va natijalari muhokama qilindi. Barcha ishtirokchilar tadbirda faol qatnashishdi. Tadbir so‘ngida talaba yoshlarga yil davomida a’lo kayfiyatga sozlanib yurishlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi Elizabet Gilbertning "Baxt qutichasi" nomli texnikasidan foydalanish tavsiya etilgan holda, tadbir nihoyasiga etdi. 

Universitet psixologi M.K.Muhammedova, "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari  X.Saidova va I. Ahmedovalar axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati