Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish hayot sifatini oshirishning omili

24.10.2024

#Ta`lim #Yangilik

  Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida umumta’lim maktablari kasb o‘rganish istagidagi bitiruvchilarining davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish vazifasi belgilangan. Ana shu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘quvchilarning muayyan kasb o‘rganib, maxsus malakaga ega, raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Zero, iqtisodiyot barqarorligi, barcha sohalarda rivojlangan davlatlar bilan bellasha olish ham mehnat bozoridagi kadrlarning salohiyatiga bog‘liq. Bunday kadrlar esa, eng avvalo, maktabda shakllanadi.

  Kasbga yo‘naltirishda o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari bilan birga ular tanlayotgan sohaga layoqati qay darajada muvofiqligini aniqlash, uchun 20224 yil 24-oktyabr kuni kafedraga biriktirilgan Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabiga navbatdagi yo‘l xarita bo‘yicha kafedra dotsenti N.Nuraliyeva hamda kafedra tayanch doktorant Z.Djumabayevalar bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun maktabda tashkil etilgan mavjud fan va kasbga yo‘naltiruvchi to‘garaklar uning ish rejalari bilan tanishib, to‘garaklarni yanada  rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berdilar. 

  Maktabni bitirayotgan yigit-qizlar qanday kasb egasi bo‘lishi to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydi, Mamlakatimizda esa turli kasblarni egallash uchun barcha sharoitlar  yaratilgan. Faqat bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish, hayotda qo‘llash zarur.  Bu borada universitetimizga biriktirilgan maktablar hamda fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari, ota-onalar va mahalla faollarining shaxsiy namunasi va hamkorligini mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi.