«Taym menejment» yoki vaqtni boshqarish san’ati

24.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 24-oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori  X.Saidova hamda Xor jamoasining faol a’zosi, "Gidromelioratsiya" fakulteti 207-guruh talabasi Sayidrahmonov Shahzodlar hamkorlikda "G" bino 1-zalda "Ekologiya va huquq" fakulteti, "Yurisprudensiya" yo‘nalishi 105-106-108-guruh talaba yoshlari bilan "Vaqtni samarali boshqarish" mavzusida seminar trening o‘tkazishdi. Seminar trening talabalar ongida "vaqt" haqidagi tushunchalarini kengaytirish, o‘qish va ish samaradorligi hamda shaxsiy o‘sishni takomillashtirish, vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. 

Treningning vazifalari:

  •  - inson va zamon munosabatlarining mohiyatini ochib berish;
  •  - shaxsiy vaqtni rejalashtirish va nazorat qilish qobiliyatini rivojlantirish;
  •  - vaqtni rejalashtirish va vaqtdan oqilona foydalanishning samarali tamoyillarini o‘rgatishdan iborat. 

  Tadbir davomida "20 daqiqa qoidasi", "Vaqtni samarali boshqarish", "«1-daqiqa» amaliyoti" kabi trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 

  Yig‘ilish: "Agar biz vaqt qadriga yetsak, uni kerakli ishlarga sarflasak, Yaratgan Egam umrimizga baraka beradi. Bugungi tezkor zamonda vaqtning har daqiqasini qadrlash, hayot mazmunini anglab, umr daftarini ezgu ishlar ila bezash har bir aqlli insonning burchidir. Zero, vaqtiga hokim bo‘la olgan inson uni o‘zi istagan tarzda boshqaradi, yaxshi amallar bilan baxtli hayot uchun zamin hozirlaydi", degan jumlalar bilan o‘z yakuniga etdi.

Universitet psixologi M.K.Muhammedova va "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori  X.Saidovalar axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati