Iqtidorli talabalar bilan

24.10.2024

#Ta`lim #Yangilik

  "TIQXMMI" MTU “Gidromelioratsiya” fakultetining 1-bosqich  iqtidorli talabalari “Hydroleaders” jamoasiga jalb qilindi. Talabalar orasida qiziquvchan va iqtidorlilarni tanlab olish va ularni bo‘sh vaqtlarini kerakli mashg‘ulotlarga jalb qilish, to‘g‘ri yo‘naltirish uchun  kerakli ma’lumotlar va ko‘rsatmalar berildi.

Talabalar bepul tarzda ingliz tilini Xudoyberdiev Xumoyun tomonidan o‘zlashtirishmoqda hamda “Hydroleaders” jamoasida «Startap” loyihalar ustida Shamsiddinov Xushnudbek va Reimbaev Mardonlar tomonidan yo‘l-yo‘riqlarini  o‘rganishmoqda.

"Gidromelioratsiya" fakulteti tyutorlari G. Axmedjanova va D.Axrarovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati