Kichik qadamlar orqali katta maqsadlar sari yo‘l

22.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 17-oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari  X.Saidova hamda I.Ahmedovalar hamkorlikda "G" bino 1-zalda "Ekologiya va huquq" fakulteti, "Ekologiya va atrof muhitni muhofazasi" yo‘nalishi 101,102, 103-guruhlar; "Suv ta’minoti muhandislik tizimi" yo‘nalishi 216-guruh; "Aerokosmik texnologiyalarni barqaror rivojlantirish" yo‘nalishi 216-guruh talaba yoshlari bilan "20 daqiqa qoidasi" mavzusida seminar trening o‘tkazishdi. Tadbir talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulqidagi nuqsonlar, hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish; talabalarga ruhiy motivatsiya berish orqali ularda yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zo‘riqishlarning oldini olish; ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish va o‘zaro ijtimoiy munosabatda muomala madaniyatini o‘stirish hamda vaqtni qadrlash ko‘nikmalarini o‘stirish maqsadida tashkillashtirildi. Tadbirda talabalarning e’tiboriga dunyo olimlarining mavzularga doir fikr va mulohazalaridan keltirilgan dalillar orqali qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi. Va shu bilan birga "20 daqiqa texnikasi yoxud vaqtdan unumli foydalanish" usulidan foydalanish yo‘l-yo‘riqlari haqida so‘z yuritildi.  


Barcha talabalar tadbirda faol qatnashib, o‘z ma’naviy kamolotlari uchun manfaatli ma’lumotlarga ega bo‘lishib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishni maqsad qilishgan holda tadbir nihoyalandi. 

Universitet psixologi M.K.Muhammedova va "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari  X.Saidova hamda I.Ahmedovalar axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati