Mahallada suhbat o‘tkazildi

21.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 21-oktyabr kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi rejasi asosida “Energetika” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva “Mirzakalon Ismoiliy” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif mahalladagi mavjud tarbiyasi og‘ir qizlar bilan suhbat o‘tkazish va ularining xatti-harakatlarini o‘rganish maqsadida o‘tkazildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi A.Sattorovning bergan ma’lumotiga ko‘ra 2024-yilning 1-oktyabr holatiga voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida tarbiyasi og‘ir qizlar mavjud emas. Kelgusida qizlar tarbiyasida salbiy o‘zgarishlarni oldini olish maqsadida hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish bo‘yicha kelishildi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi: Ch.Oxunboboyeva

Universitet matbuot xizmati.