Kitob - aql chirog‘i
20.10.2024

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "YRK" fakulteti tyutori M.Turg‘unova kuni kecha 1-kurs 101-guruh faol talabalari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonaga tashrif buyurdi.
Sayohat qadimiy kitoblar muzeyiga tashrif bilan boshlandi. Keyinchalik o‘quv zallari, ularda kerakli adabiyotlarni qidirish va olish tartibi, kutubxona xodimlari tomonidan taqdim etiladigan qo‘shimcha xizmatlar bilan tanishdilar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba yoshlar orasida kitobxonlikka keng jalb qilishdir. Sayohat yakunida talabalar ro‘yxatga olish xonasiga taklif qilinib, u yerda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Maftuna Turg‘unova axboroti
Universitet matbuot xizmati